Qiziqarli malumot

bilasizmi

🌍Жаҳон мамлакатлари давлат ва ҳукумат раҳбарлари қачон туғилган?:

🇬🇧Елизавета II: 1926 йил
🇸🇦Салмон: 1935 йил
🇳🇬Бухорий: 1942 йил
🇺🇸Трамп: 1946 йил
🇮🇳Моди: 1950 йил
🇷🇺Путин: 1952 йил
🇨🇳Си Цзинпин: 1953 йил
🇹🇷Эрдоған: 1954 йил
🇯🇵Абе: 1954 йил
🇩🇪Меркел: 1954 йил
🇬🇧Мэй: 1956 йил
🇨🇦Трюдо: 1971 йил
🇫🇷Макрон: 1977 йил

🇺🇿Mirziyoyev: 1957йил

Xakkerlik haqida

Xakkerlik

Pinhoniy xavf kundalik turmushimizga kirib kelgan kompyuter texnologiyalari bugun hayotimizning muhim jihatlaridan biriga aylanishi bilan birga bizni o’z yo’rig’iga ham boshlayapti. Hozir shaxsiy kompyuterga ega bo’lmagan odam yo’q hisobi. Ammo ular orasida asr mo’jizasi imkoniyatlaridan g’arazli maqsadlarda foydalanuvchilar ham topiladi. Shu bois, kompyuterlarga kirishni qulf(parol)lash va begonalardan asrashga ehtiyoj tug’ildi. Qarangki, ehtiyotkorlik oshgani sari ularga qarshi xurujlarning turi ham ko’pa­yib borayapti. Bu faoliyat keng jamoatchilik tomonidan xakkerlikdeb yuritiladi. Hozir xakerlar puldor shaxslar, tashkilotlar, banklar va hatto davlatlar manfaati uchun ham jiddiy xavf tug’dira boshladi. «Xakker»atamasi dastlab matematik masalalarni «aylanma yo’llar» bilan hal qiluvchilarga nisbatan haqorat sifatida ishlatilgan. Xakkerlik tufayli kompyuter ishqibozlari obro’li va xavfli bo’lib kelmoqdalar.
Uning asoschisi mash­hur matematik Jon Neshhisoblanadi.
Xakkerlar dast­avval mualliflik dasturlariga o’z dasturlari bilan suqilib kirgan. Keyinchalik esa dastur qoidalarini o’z manfaatlari uchun o’zgartirishga «bel bog’lashgan». Oqibatda dasturlar mualliflari va foydalanuvchilar o’rtasida mojarolar va noroziliklar paydo bo’ldi. Yillar o’tib, «xakker» so’zi tamoman o’zgacha talqin qilina boshlandi. Endilikda bu atama kompyuterlarga zarar yetkazuvchi, ularga yashirincha kiradigan, viruslarni o’rnatadigan, tarqatadigan jinoyatchilarga nisbatan qo’llanila boshlandi. Binobarin, bugun xakerlik g’araz maqsadli kimsalarning boshini qovushtirib, terroristik harakatlarni amalga oshirish, davlat sirlari va katta miqdordagi pullarni o’g’irlashga qaratilgan.

1) 1972 – yilda 1- texnologikxakkerlik sodir etilgan. Hushtak chalish orqali tekin qo’ng’iroqlar qilina boshlandi. Buning uchun kishilar Cap’nCruch – bodrog’i qutisidan chiqadigan hushtakdan foydalanishardi. Hushtak tovushining chastotasi telefon kompaniyasining ichki avtorizatsiya tizimiga kirish imkoniyatini berardi.
2) Dunyoda Iyen Myorfi og’ir jinoyat bilan ayblangan birinchi xaker sifatida ro’yxatga olingan. U 1981 yilda AT&T kompaniyasi kompyuteriga yashirincha kirib, soatini o’zgartirib qo’yadi. Bu foydalanuvchilarga kunduz kuni tungi chegirmali tarif bo’yicha qo’ng’iroq qilish imkoniyatini bergan.
3) Kevin Mitnik bir vaqtlar qidiruvdagi «eng kerakli xakker» bo’lgan. U buzgan serverlarning kompaniyalari DEC, IBM, PACIFIC BELL. Prokurorlar Kevin Mitnik taksafondan hushtak chalib yadro qurolini ham ishga tushira olishiga ishonardilar.
4) Yana bir xaker Gerri Makkinnon tarixdagi eng kata harbiy xakkelikni amalga oshirgan. U 2001 va 2002 yillarda NASA, AQSH Armiyasi, Harbiy dengiz kuchlari, Harbiy Havo kuchlari shuningdek Mudofaa departamenti serverlariga tarmoq orqali yashirincha kirib, 800 ming dollarni tashkil etadigan o’g’irlikni amalga oshirgan. U NUJJ lar haqidagi ma’lumotlar sir saqlanganini tekshirmoqchi bo’lganini aytgan.

5) AQSH tarixida eng uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etilgan xakker Albert Gonsalesdir. U 200 million dollar qiymatidagi kredit va debit kartochkalarining raqamlarini o’g’irlagan. Jazo muddati 20 yil.
6) AQSH (xakkerlar tomonidan buzilgan) spam tarqatuvchi eng ko’p kompyuterlarga ega. Dunyo bo’yicha tarqatilgan spamlarning 13.1 % qismi AQSHdan tarqatiladi. Hindiston 7.3 % bilan 2-o’rinda. Braziliya esa 6.8 % bilan 3-o’rinda.
7) Xitoyda virtual xakkelik maktablari yiliga 40 milion dollar daromad ko’radi. Talabalar 100 dallar atrofida pul to’laydilar. Maktablar Google va AQSH hukumati saytlariga hujumqilganlikda aloqador deb kelinadi.
8) Dunyo bo’yicha xakkerlar 1 trillion dollar qiymatidagi intellectual mulknio’zlashtirganliklari taxmin qilinadi. Har yili xakkerlik AQSHga 4 milliard dollarlik zarar keltiradi. Xitoyga esa 1 milliard dollar zarar keltiradi.
9) 2009 – yilda o’tkazilgan so’rovnoma natijasiga ko’ra kompaniyalarning 43 % qismi o’z sirlarini xakkerlarga boy bergan.
10) Kuniga har 3 ta kompaniyaning 1 tasi xakkerlik bilan yuzma – yuz keladi. Ushbu xakkerlik hujumlarining 17 % qismi muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. AT mutaxassislarning 81 % qismi o’z dasturlarini zaif deb biladilar.
11) Har yili elektrostansiyalarga mimglab xakkerlik hujumlari uyushtiriladi. Xakkerlik terroristlikharakatlarini amalga oshirishga va pul o’g’irlashga urunadilar. Har yili millionlab mablag’lar o’g’irlanadi.
12) Mudofaa departamenti AQSHning Kiber tahdidlardan himoya qilish uchun yiliga 250 ta xakkerni yollaydilar.
13) 2009 – yilda pentagon kompyuter xavfsizligi uchun 6 milliard dollar sarflanadi. Kelasi 5 yilda ushbu ko’rsatgich yiliga 15 – 20 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.
14) Facebook ijtimoiy tarmog’i eng ko’p xakkerlik hujumlari uyushtiriladigan saytlar ro’yxatiga kiradi. Xakkerlar telefon raqamlari, parol vax at yozishmalari kabi shaxsiy ma’lumotlarni ko’zlaydilar.
Bugungi kunda xakkerlikni yoqlovchi kuchlarning borligi ham hech kimga sir emas. Bu faoliyat ta’sirida ko’plab katta kompaniyalar, hatto mamlakatlar zor qaqshab qolmoqda. Masalan, birgina Xitoy har yili xakerlik balosidan o’rtacha hisobda 1 milliard AQSH dollari miqdorida zarar ko’radi. Biroq bu mamlakatda virtual xakkerlik maktablarining faoliyat ko’rsatayotgani, ularning yiliga 40million AQSH dollari atrofida daromad ko’rayotgani tushunib bo’lmas hol. Ayni paytgacha dunyo bo’yicha xakkerlar taxminan 1 trillion dollar qiymatidagi intellektual mulkni o’zlashtirgan. Hisob-kitoblarga ko’ra, xakkerlarga 43 foiz kompaniya va tashkilotlar o’z sirlarini boy bergan. Har kuni dunyodagi har uch kompaniyaning biri xakkerlik bilan yuzma – yuz kelmoqda. Bir so’z bilan aytganda, xakkerlikka qarshi keskin choralar ko’rilayotganiga qaramay, xavf hamon pasaymayapti.

Davrimizning fan va tеxnika sohasidagi yutuqlari kundalik ijtimoiy hayotimizga yanada qulay imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Biroq ana shu afzalliklar bilan bir qatorda, ayrim salbiy holatlar ham yuzaga kеlmoqda. Ma’lumki, o’g’rilik axloqiy qoidalarga zid bo’lgan salbiy xususiyatdir.
Ba’zan qandaydir bankning o’marilgani, do’konni tunaganlari kabi qabix hodisalar haqida eshitib qolamiz. Haqiqatdan ham o’g’rilik jamiyatga katta ziyon kеltiradigan yomon illatdir. Hayotda shunday o’g’rilik holatlari ham borki, u odatiy o’g’rilikdan butunlay farq qiladi. Uni juda aqlli, chaqqon kimsalar amalga oshiradi, shu bilan birga, ular juda ham ayyor bo’ladilar. Bunday o’g’rilarning o’zlarini ham, bosgan izlarini ham aniqlash oddiy o’g’rilarni aniqlashdan ko’ra 10-20 barobar qiyindir. Faqatgina kеltirgan zararlarini aniqlash osonroq. Eng qizig’i shundaki, ular hеch qachon jamoa bo’lib harakatlanmaydilar. Balki yakka-yakka ishga kirishib, o’g’irlik maydoniga kirgandagina o’z-o’zidan ko’payib, o’zgalarning «Uy»larida bеtakalluflik bilan kirib olib, kеzib yuradilar va hеch qachon zarar keltirmay, kеtmaydilar. Gap kim yoki nima haqidaligini anglab ulgurgandirsiz. Bu haqiqatdan ham kibеr o’g’rilardir. Kibеr o’g’rilar — kompyutеr viruslari va xakеrlar (cracker, reverser) bo’lib, ular kompyutеr xotirasida kim hamda nimaga aylanadilar. Intеrnеt maydonida ularni kibеr o’g’rilar dеb ataymiz. Kopyutеr xotirasiga kirgan, uni zararlayotgan viruslarni — «kimdir», ya’ni kibеr o’g’rilardan biri — xakеr amalga oshiradi. Xakеr (ingliz tilida Hack — yorib tashlash, chopish, buzish dеgan ma’nolarni anglatadi) — ular haddan ziyod malakali va ixtisosli axborot tеxnologiyalari mutaxassisi hamda kompyutеr tеxnologiyalarini puxta biluvchi insondir. Ushbu so’z odatda, komyutеr kibеr o’g’risi, ya’ni buzuvchisi dеb ham yuritiladi. Xakеrlar o’sha Intеrnеt yaratilgan vaqtdayoq paydo bo’ldilar. 1960-yillarda xakеr dеb eng kuchli va malakali dasturchilarni ataganlar. O’tgan asr 70-yillarining boshlari, 80-yillarining oxirlaridagi davrlar kibеr o’g’rilar uchun eng qulay yillar bo’lib hisoblangan. Chunki aynan shu davrlarda kompyutеr opеratsion tizimlari qaytadan ishlab chiqarilayotgan edi, ya’ni opеratsion tizimlarning juda ko’p zaiflik tomonlari borligi kibеr o’g’rilarning muvaffaqiyatini ta’minlagan. O’sha paytlar xakеrlar hozirgi davrga qaraganda, juda mustaqil bo’lganlar. Korxonalar xakеrlar kirishlarini bilib turib, tarmoqqa ulanganlar. U vaqtlarda bir profеssional dasturchi amalga oshira oladigan xavfsizlik tizimini ikkinchi dasturchi buzishi juda oson bo’lgan.
Xakеrlar qanday kimsalar? Ma’lumki, har qanday soha bo’yicha kuchli bilimga ega mutaxassis bo’lib еtishish bilan inson yaxshi xususiyatga ega bo’lib qolmaydi, xalqimizda olim bo’lsang, olam sеniki — dеgan naql bor, biroq o’z bilimlarini insoniyat taraqqiyotiga sarflamay, balki manfaatlari yo’lida salbiy yo’llarni izlaydiganlar haqida olim bo’lma, odam bo’l — dеgan hikmatli so’zlar ham mavjud. Odatda, xakеrlar juda kuchli bilimli mutaxassislardir. Har qanday «xakеr» sohaga oid bilim, malakalarga ega bo’lishi kеrak. Biroq bu kimsalar mazkur bilimlaridan o’zining shaxsiy ehtiyojlari uchungina foydalanadilar, aslida ulardan ma’lumotlar almashish, ularni to’plash, ma’lumotlardan jamiyat manfaatlari yo’lida foydalanish maqsadini ko’zlaganlarida edi, biror sohada mashhur mutaxassis, el-yurt oldida e’tiborga loyiq insonlar bo’lish baxtiga erishgan bo’lardilar. Afsuski, butun jahon miqyosida axborot tеxnologiyalari rivojlanlanishi bilan proffеsional xakеrlar soni ham ortib bormoqda. Kompyutеr olamidagi 80 foiz foydalanuvchilar xakеrlarni — jinoyatchilar dеb hisoblaydilar. Menimcha, xakеrlarni o’z bilim va salohiyatlarini qay yo’lda sarf etayotganlariga ko’ra ikkiga: yaxshi va yomonga ajratish mumkin.
Ikkala xakеrlar (kibеr o’g’rilar) ham bitta nishon ustida ishlaydilar, ya’ni biror-bir dasturiy ta’minotning zaif tomonini topish bilan shug’ullanadilar. Lеkin yaxshi xakеrlar hеch qachon qasddan yoki bilgan holda saytlarni va har xil sеrvеr kompyutеrlarni buzmaydilar, ya’ni ular har doim hamma ixtirolar va yangi yaratilgan dasturiy ta’minotlarning xatoliklarini topishga harakat qiladilar. Bu bilan kompyutеr dasturiy va tеxnik kamchiliklarini bartaraf etib, axborot kommunikatsiya tеxnologiyalari rivojiga o’z hissalarini qo’shadilar. Bundan tashqari, topilgan zaifliklarni o’sha dasturiy ta’minot administratorlari va foydalanuvchilarga yеtkazib, uni bartaraf etishda ishtirok etadilar. Bu ish orqali o’z bilimlari doirasini kеngaytirish va haqiqatdan ham proffеssional kompyutеr mutaxassisi ekanliklarini isbotlashni maqsad qilib olganlar. Ularni odatda, kompyutеr sanitarlari dеb ataydilar. Yomon xakеrlarni esa bеmalol kibеr o’g’rilar dеb atash mumkin. Sababi ular har doim qilgan ishlarida noqonuniy harakatga aralashgan bo’ladilar. Masalan, biror-bir dasturga noqonuniy litsеnziya kodi ishlab chiqaruvchi dastur, maxfiy sеrvеrlardan har-xil hujjatlarni o’marish va shunga o’xshash noqonuniy xatti-harakatlarni yuzaga kеltiradir. Ko’p hollarda, ularni «Crackerlar« dеb atash mumkin. Bularning 10 tadan 9 tasi havaskorlar hisoblanadilar. Havaskor kibеr o’g’rilar faqatgina boshqalarning dasturiy ta’minotlaridan (odatda, ushbu dasturlar «Exploit»lar dеb ataladi) foydalangan holda juda zaif, ya’ni yaxshi himoya qilinmagan sеrvеrlar, dasturiy ta’minotlarini buzadilar.

Til bilgan-el biladi

Til bilgan kishi dunyoni kezadi, do‘stlar orttiradi, hamkorlar topadi. Dunyo xalqlarining madaniyatidan, tarixidan xabardor bo‘ladi. Bugun shuni faxr bilan aytishimiz kerakki, yoshlarimizda xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqish nihoyatda katta. Prezidentimizning Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori keng qamrovli ta’lim islohotlarining uzviy davomi bo‘ldi.
Ushbu qarorda chet tili o‘qitishning barcha jihatlari qamrab olingan bo‘lib, unga ko‘ra chet tilini o‘rgatish 1-sinfdan o‘yin va og‘zaki nutq mashg‘ulotlari shaklida, 2-sinfdan esa alifbo, o‘qish va sodda grammatik qoidalarni o‘rganish bilan boshlanishi belgilangan.
Ma’lumki, o‘quvchilar boshlang‘ich sinflarda chet tilini og‘zaki nutq orqali o‘rganib borsa, keyinchalik grammatikani ham yaxshi o‘zlashtiradi. Yuqorida nomi keltirilgan qaror biz, chet tili fani o‘qituvchilari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.
Endi biz malakamizni oshirishimiz, o‘quvchilarning chet tiliga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish, darslarni puxta o‘zlashtirishi uchun yangi pedtexnologiyalardan, o‘quv qo‘llanmalardan foydalanishimiz kerak. O‘quvchilarning chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari va bilimlarini yanada oshirish bo‘yicha doimiy o‘tkaziladigan seminar-treninglarda qatnashayotganimiz bizga qo‘l kelayapti. Chunki o‘quvchilarni darsga qiziqtirish, butun e’tiborini jalb etish oson emas.
Tajribamdan kelib chiqib, erkin mavzu tanlab, har bir o‘quvchining o‘zlashtirishiga qarab mashg‘ulotlar olib boryapman. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarni fikrlash, so‘z tuzish qobiliyatini oshiradi. Shuningdek, dars vaqtida o‘quvchilarimdan ingliz tilida gaplashishlarini talab qilaman. Chunki tilni o‘rganishda ko‘proq so‘zlashuvga e’tibor berish kerak. So‘zlashuv orqali o‘quvchi ham so‘zlarni, ham grammatikani, asosiysi, to‘g‘ri va ravon gapirishni o‘rganadi.

Create your website at WordPress.com
Get started